Ozarbayjondagi qator muassasalarga 100 jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" majmuasi tuhfa qilindi

29.01.2024, 16:20

Joriy yilning 23-27 yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "O‘zbekiston fani va madaniyati" kunlari o‘tkazildi.


Ushbu kunlar doirasida 100 jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" majmuasi yaratilishi, shuningdek, kelgusida ijodiy hamkorlik yuzasidan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda ozarbayjonlik va o‘zbekistonlik davlat hamda jamoat arboblari, ijodkorlar, keng jamoatchilik, OAV vakillari ishtirok etdi.  

 

Eslatib o‘tamiz, Davlatimiz rahbari 2019 yil Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g‘oyasini ilgari surgan edi.


 AOKA va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari tomonidan Ozarbayjon Milliy kutubxonasi, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi hamda Fuzuliy nomidagi maktabga “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasi esdalik sovg‘a sifatida taqdim qilindi.

Увеличить на0%