Attestatsiya uchun namunaviy savollar
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbari uchun taxminiy
attestatsiya savollar
Sohaga oid
qonunchilik bo‘yicha
1.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini
ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2019-yil 27-iyundagi PQ–4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari
axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering?
2.
“Davlat fuqarolik
xizmati” to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra davlat xizmatchilari o‘z kasbiy
faoliyatini qaysi prinsiplar asosida olib boradi?
3.
O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari
axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering?
4.
“Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati
nimalardan iborat?
5.
“2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” yo‘nalishlarida axborotga
oid maqsadlar nimalardan iborat?
6.
Chet davlatlar
ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari va vakillarini akkreditatsiya
qilish tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilangan?
7.
Axborot
erkinligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
8.
Axborot erkinligi
tushunchasiga ta’rif bering?
9.
Axborot
xavfsizligi nima? Uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati qanday amalga
oshiriladi?
10.
Normativ-huquqiy
hujjatlarda shaxsga doir ma‘lumotlarni axborot egasining ruxsatisiz ochiqlagani
uchun qanday javobgarlik belgilangan?
11.
Ommaviy axborot
vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida
axborot olish tartibi qanday?
12.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida axborot, so‘z erkinligi va ommaviy axborot
vositalariga doir belgilangan normalarni aytib bering.
13.
OAVda tuhmat va
haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
14.
O‘zbekiston
Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi
va amalga oshiruvchi vakolatli organ haqida nimalarni bilasiz?
15.
Kimlar axborotni
izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqiga
ega?
16.
Davlat organlari
va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligi qanday
mezonlar asosida baholanadi?
17.
Ommaviy axborot
vositasi nima va uning qanday turlari mavjud?
18.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun haqida
nimalarni bilasiz?
19.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarga nimalar
kiradi?
20.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
nimalardan iborat?
21.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalariga nimalar
kiradi?
22.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash usullarini aytib
bering.
23.
Qaysi Qonunda
Axborot xizmatiga qanday ta‘rif berilgan?
24.
Ommaviy axborot
vositalari faoliyati qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
25.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni
ko‘rib chiqish tartibini aytib bering.
26.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati
ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi
axborot xizmati faoliyati bilan bog‘liqmi? Batafsil tushuntirib bering.
27.
Shaxsning sha’ni
va qadr-qimmatini kamsitish va uni obro‘sizlantirish deganda nima tushuniladi?
28.
“Axborotlashtirish
to‘g‘risidagi” qonunnig 121-moddasi (hamma erkin foydalanishi mumkin
bo‘lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish)ni sharxlab
bering.
29.
Davlat siri va
maxfiy ma‘limotlarni oshkor qilishning huquqiy oqibatlari haqida nimalarni
bilasiz?
30.
Vazirlik va
idoralarning Ochiq hay’at yig‘ilishlarida ommaviy axborot vositalar vakillari
ishtirok etishi mumkinmi? Mumkin bo‘lsa bu qaysi hujjatda keltirilgan?
31.
“Davlat organlari
va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik
nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat
organlari va tashkilotlari har yili qaysi sanaga qadar o‘z faoliyatiga oid
hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanagacha uni keng
jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi
belgilab qo‘yilgan?
32.
Qaysi hujjatlarda
yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan?
Axborot xizmati faoliyatiga aloqador mavzular bo‘yicha
33.
Press-reliz nima?
Press-reliz tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak?
Press-relizning qanday turlari mavjud?
34.
Davlat
xizmatchisining xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari haqida gapirib
bering.
35.
Anons,
press-reliz, press-kit va ma’lumotnomalarni tarqatishning yana qanday ilg‘or
usullari mavjud?
36.
Media kontent,
mem, xeshteg tushunchalariga ta‘rif bering?
37.
Matbuot anjumani
va brifingning o‘zaro farqi nimada?
38.
Qanday
maqsadlarda press-klippingdan foydalaniladi?
39.
Muddatli
rejalashtirish tushunchasi va turlari haqida nimalarni bilasiz?
40.
Axborot xizmati
uchun PR-strategiya ishlab chiqishning qanday ahamiyati va bosqichlarini
bilasiz?
41.
Mediakit
tushunchasiga ta‘rif bering.
42.
Jamoatchilik
bilan aloqalar deganda nimani tushunasiz?
43.
Press-pul tashkil
etish va uning tarkibini shakllantirish tartibi qanday?
44.
Jamoatchilik bilan
aloqalar sohasida inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish uchun qanday
PR-instrumentlar bor? Ularni bir nechtasini sanab, tushuntirib bering.
45.
Korporativ imij
qanday shakllantiriladi? Tashkilot imijini yaratishda Axborot xizmatining
ishtiroki qanday?
46.
Yolg‘on, inson
shani va qadr-qimmatini toptash, tashkilot imijini tushirishiga qaratilgan qaysi
axborot turlarini bilasiz, qisqacha tushuntirib bering?
47.
Inqirozli
kommunikasiya nima? Inqiroz paytida rioya qilinadigan 10 ta oddiy qoidani
bilasizmi? Inqirozli holatlarni modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
48.
Matbuot kotibining huquq va majburiyatlari nimadan iborat?
49.
Bloger va
jurnalist tushunchasiga normativ-huquqiy hujjatlarda qanday ta‘rif berilgan?
50.
Ommaviy axborot
vositasi vakili yoki bloger tomonidan davlat boshqaruvi organi rahbarining
intervyu berishini so‘rab yo‘llagan og‘zaki murojaati qancha muddatda ko‘rib
chiqiladi?
51.
Normativ-huququy
hujjatlarda tashkilot veb-saytini yuritishda axborot xizmatiga qanday talablar
belgilangan?
52.
Fakt-cheking
nima? Axborot xizmati faoliyatida fakt-cheking nima
maqsadda qo‘llaniladi?
53.
Akkreditatsiyaning
qanday turlari mavjud? OAVning akkreditatsiya qilingan vakillari qanday
huquqlarga ega?
54.
Kopirayting nima?
55.
Press-tur qachon
tashkil qilinadi? Unda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
56.
Raddiya bilan
munosabat tushuchasining farqli jihatlari va ularni qo‘llash
tartibi haqida nimalarni bilasiz?
57.
Ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilingan tanqidiy materialga qancha vaqtda dastlabki rasmiy
munosabat bildirilishi talab etiladi?
58.
Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmati
qanday vazifani bajaradi?
59.
Tashkilotning
ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verefikasiya qilish qanday amalga
oshiriladi?
60.
Kontent tahlil
nima? Uning ahamiyatini tushuntiring?
61.
Tashkilot nomidan
ijtimoiy tarmoq va mobil messenjerlarda ochilgan feyk sahifa va kanallar
aniqlanganda qanday yo‘l tutasiz?
62.
Maqsadli
auditoriya bilan interaktivlikning samaradorligini qanday oshirish mumkin?
63. Bulling, trolling, fleyming, xeyting bir biridan qanday farq
qiladi?
64. Mavzu bo‘yicha muntazam berib boriladigan postlar
jamlanmasi qanday nomlanadi?
65. Telegram kanal statistikasini qaysi maxsus
programmalarda kuzatib borish mumkin?
66. Dezinformatsiya, misinformatsiya va malinfomatsiya
bir biridan qanday farq qiladi?
67. PR strategiyasini tuzishda nimalarga e’tibor berish
kerak?
68. Instagram va Fasebookda media kontent qanday bir biridan farq qiladi?
69. Telegram kanalida izohlar va reaksiyalarni qanday yoqish mumkin? Bot yaratish bo‘yicha nimalarni bilasiz?
Amalga oshirilgan ishlar hisoboti
70.
Muayyan axborot
voqeligi munosabati bilan matbuot kotibi maqomida rasmiy videobayonot
berganmisiz?
71.
Sohaga oid
me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi jarayonida tashkilot rahbariyati
ishtirokida videosharhlar tayyorlaganmisiz?
72.
Sohaga oid
muammolarni birinchi manba sifatida yoritganmisiz?
73.
Lavozimga
tayinlangan davringizdan attestatsiya davriga qadar amalga oshirgan ishlaringiz
haqida (hisobot, erishilgan natijalar, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalar holati, o‘tkazilgan media-tadbirlar, berilgan bayonotlar va
boshqalar) gapirib bering.
74.
Lavozimga
tayinlangan davringizdan buyon rahbariyatingiz tomonidan ya’na qanaqa
qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan?
75.
Shaxsan
o‘zingizning tashabbusingiz bilan sohaga oid materiallarni xorijiy ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilganmisiz?
76.
Tashkilotning
faoliyatiga doir ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon
qilinayotgan (tanqidiy mazmundagi) materiallarga munosabat bildirishni tashkil
etish to‘g‘risida qanday hujjat ishlab chiqilgan?
77.
Xalqaro media
makonda O‘zbekiston imijini yanada yaxshilash uchun qanday takliflarni berasiz
va o‘zingiz Axborot xizmati rahbari sifatida bu borada nimalarni amalga oshira
olasiz?
78.
Jurnalistlar
“pul”ini tashkil etganmisiz?
Izoh: Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi a’zolari
sohaga oid qo‘shimcha savollar berishi mumkin.