Rahbariyat
Saidjаnov Dilshod Madraximovich
Dilshod Saidjanov – 1982 yil 19 mart kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha – xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, Tizimlashtirilgan tahlil va prognozlashtirish.
D. Saidjonov mehnat faoliyatini «Konditsioner» qo‘shma korxonasida kotib-referent, tarjimonlikdan boshlagan.
2005-2008yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo institutining direktor yordamchisi, axborot tahlil bo‘limida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim.
2008-2009yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining tashqi xavfsizlik masalalari bo‘yicha Guruhning amaliyotchisi.
2009-2014yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining g‘oyaviy himoya masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi konsultanti.
2014-2017yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining axborot-g‘oya sohasida tahdid va chaqiriqlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi inspektori
2017-2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Mediamarkaz yetakchi mutaxassisi
2018-2019 yy. – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida yetakchi mutaxassis
2019-yil fevral – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i
2019-yil oktabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Oilali, ikki nafar farzandi bor
Qabul kuni: Juma, 15:00 – 17:00
Qabulxona raqami: 71 244 23 80
Bozorov Gayrat Nazarovich
Gʻayrat Bozorov 1984-yil 1-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha - xalqaro jurnalist.
Gʻ. Bozorov mehnat faoliyatini Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida boshlagan.
2007-2016yy. – Agentlikda mutaxassis, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2016-2018yy. – Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Davlat korxonasi Marketing boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
2018-2019-yil mart oyiga qadar “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining nashriyot va marketing masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Qabul kuni: Seshanba, 15:00 – 17:00
Qabulxona raqami: 71 244 23 80
Karimova Nigora Lutfullaevna
Karimova Nigora 1985-yil 28-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma‘lumoti oliy. 2007- yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligini tamomlagan, 2011-yil Koreya taraqqiyot instituti Davlat siyosati va boshqaruvi maktabining (KDI School of Public Policy and Management, (Koreya Respublikasi) “Davlat siyosati va menejmenti” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
2006- yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasida amaliyotchi sifatida ish boshlab, 2008-2019- yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat protokoli boshqarmasi, Madaniy-gumanitar hamkorlik boshqarmasi hamda Ko‘p tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasida turli diplomatik lavozimlarda ishlagan.
2019-yildan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
2023-yil 1-martdan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari, direktorning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi.
Oilali, ikki farzandi bor.
Agentlikning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, matbuot anjumanlari, brifinglar tashkil etish, ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy xabarlar, press-relizlar va sharhlar matnlarini tayyorlash va yoritish, OAV faoliyatiga oid so‘rovlar bo‘yicha og‘zaki va yozma sharhlar tayyorlash; agentlikning veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridagi ma‘lumotlarni yangilash.
Karimova Nigora Lutfullayevna
Karimova Nigora 1985-yil 28-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Maʼlumoti oliy. 2007 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligini tamomlagan, 2011-yil Koreya taraqqiyot instituti Davlat siyosati va boshqaruvi maktabining (KDI School of Public Policy and Management, (Koreya Respublikasi) “Davlat siyosati va menejmenti” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasida amaliyotchi sifatida ish boshlab, 2008-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat protokoli boshqarmasi, Madaniy-gumanitar hamkorlik boshqarmasi va Ko‘p tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasida turli diplomatik lavozimlarda ishlagan.
2019-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
2023-yil 1-martdan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari, direktorning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi.
Oilali, ikki farzandi bor.
Agentlikning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, matbuot anjumanlari, brifinglar tashkil etish, ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy xabarlar, press-relizlar va sharhlar matnlarini tayyorlash va yoritish, OAV faoliyatiga oid so‘rovlar bo‘yicha og‘zaki va yozma sharhlar tayyorlash, agentlikning veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridagi maʼlumotlarni yangilash.