AOKA va YUMOM hamkorligidagi o‘quv seminari qatnashchilariga sertifikat topshirildi

25.01.2024, 20:35

Joriy yil 23-25 yanvar kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida AOKA tashabbusi bilan  bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari uchun intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi va ushbu masalalarning media-makonda yoritilishi yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.


O‘quv seminari davomida tinglovchilarga - 

-turdosh huquqlar va hammualliflik masalalariga jurnalistik yondoshuvning o‘ziga xos jihatlari; 

-jurnalistika faoliyati va mualliflik huquqi; 

-televideniya, radio hamda internetda mualliflik huquqi; 

-fotojurnalistning mualliflik huquqi;

-maqola, intervyu va teledasturga bo‘lgan mualliflik huquqi;

-audiovizual asar mualliflarining huquqlari; 

-asardan qonunga muvofiq ravishda foydalanish; 

-davriy nashrlarda mualliflik huquqi buzilishining tahlili;

-jurnalistikada mualliflik huquqi ob’yektlari; 

-OAVda asarlardan erkin foydalanish, boshqa mualliflarning asarlarini OAV yoritish masalalari; 

-efir va kabel orqali uzatishni tashkillashtirishning huquqiy asoslari;

-milliy kontent yaratish, bunda mualliflik huquqi va intellektual mulk tushunchalarining uyg‘unligi, mezonlari va tamoyillari kabi mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.


Mashg‘ulotlar jurnalistlar faoliyatida uchragan va duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, holatlar misolida savol-javobli bahs-munozaralar bilan bo‘lib o‘tdi.


Bugun o‘z ishini yakunlagan o‘quv-seminari qatnashchilariga sertifikatlar topishirildi.


Увеличить на0%