OAV xodimlarining intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha savodxonligini oshirilmoqda

23.01.2024, 19:00

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 23-25 yanvar kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida AOKA tashabbusi bilan  bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari uchun intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi va ushbu masalalarning media-makonda yoritilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.


Bugun bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslarida mahalliy va xorijiy qonunchilikda intellektual mulk hamda muallif va turdosh huquqlar tasniflari, ularni muhofaza qilishda xalqaro tajribalar haqida ko‘rgazmali taqdimotlar bilan tinglovchilarning nazariy bilimlari oshirildi.


Shuningdek, mamlakatimizda bu boradagi mavjud holat, jurnalistlarning kontent yaratishda o‘z huquqlarini muhofaza qilish masalalari yuzasidan amaliy misollar bilan fikr almashildi.


Intellektual mulk va media sohasining malakali mutaxassis-ekspertlari ishtirokida o‘tkazilayotgan seminar-treninglar jurnalistlarning bu boradagi malaka va bilimlarini zamonga mos tarzda shakllantirishda xizmat qilishi, shubhasiz.


Увеличить на0%