Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi – Sh.Mirziyoyev

22.01.2024, 15:00

Dunyodagi eng katta auditoriyaga ega Xitoyning yetakchi gazetasi "Jenmin jibao" yaьni “People's Daily”da O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – Xitoy: ming yilliklarni qamrab olgan do‘stlik va hamkorlik” nomli mualliflik maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada xitoy va o‘zbek xalqi munosabatlarining uzoq tarixiy ildizlari, ijtimoiy-madaniy, siyosiy rishtalari,  o‘zaro hamkorlikning tadrijiy taraqqiyot yo‘li batafsil bayon qilingan.

– Biz mamlakatlarimizning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga rioya qilish, o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlashni hurmat qilish, madaniy va sivilizasion  o‘ziga xoslik kabi tub manfaatlariga daxldor masalalarda bir-birimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz, - deya ta’kidlagan Sh. Mirziyoyev maqolada.

Shuningdek, muallif, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tijorat, iqtisodiy va investision hamkorlik natijalarini raqamlarda ko‘rsatib, Xitoyning qashshoqlikni bartaraf etish borasidagi muvaffaqiyatlari dolzarb va namunali ekanligini alohida qayd etgan.

O‘zbekiston-Xitoy do‘stligini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining ahamiyati bugungi kunda tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Biz ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va arxeologiya sohalarida madaniy-gumanitar almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam institusional asoslarni yaratdik. Bu umumiy mulkka, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvning buzilmas asosiga aylandi, deyiladi maqolada.

Увеличить на0%