AOKAda bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi

19.01.2024, 21:00

Bugun mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari va bolalar yozuvchilaridan iborat Ishchi guruh ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimini joriy qilish, bolalar uchun mashhur allomalarning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida ular tomonidan yozilgan hamda ularning ibratli hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus, ixcham asarlar yaratish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.


Yig‘ilishda bugungi kunda o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining holati, bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni orttirish bo‘yicha ilmiy va psixologik yondashuvlar, shuningdek, buyuk allomalar va jadidchilik namoyondalarining bolalik hayoti haqida tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazini yaratish, adabiyotlardagi mavjud  bo‘shliqni to‘ldirish masalalariga alohida to‘xtaldi. 


Shuningdek, bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishda, ma’rifatparvarlikni shakllantirishda buyuk allomalar va jadidchilik namoyondalarining bolalik hayoti haqida tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazini yaratish, bugungi adabiyotimizdagi bo‘shliqni to‘ldirish masalalari ham keng muhokama qilindi.


Bu borada, bolalar va o‘smirlar adabiyoti yo‘nalishida ijod qilayotgan adiblarning individual mahoratiga tayangan holda, zamon talablaridan kelib chiqib tarixiy, tarbiyaviy, sog‘lom hayot tarzi, tabiat va ekologiya, fantastika hamda texnologiya va boshqa erkin mavzularda ijtimoiy buyurtmalar  asosida zamonaviy asarlar yaratish taklif etildi.


Bundan tashqari, ushbu loyihaga yana bir qancha ijodkor va soha mutaxassislarini jalb etish, shuningdek yaratilayotgan asarlarni har tomonlama qiziqarli, ommabop va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, xalqaro tajribaga tayangan holda muhokamadan o‘tkazishga kelishib olindi.


Увеличить на0%