Salomatlik tuman boylik: AOKAda navbatdagi sport turniri
Prezident Sh.Mirziyoyevning tegishli Farmoniga muvofiq ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda rahbar va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish maqsadida AOKA "Sport targ‘ibotchisi" tashabbusiga ko‘ra muntazam musobaqa va bellashuvlar o‘tkaziladi.
Jumladan, AOKA erkak xodimlari o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in kechgan o‘yinda jamoalar o‘rtasida hisob 10:9 natija bilan yakunlandi.
AOKA nafaqat futbol, balki sportning boshqa turlari bo‘yicha ham xodimlar o‘rtasida turli musobaqalarni o‘tkazishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 aprel kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan VII Xalqaro Toshkent marafonida AOKA xodimlari 3 kilometr masofada yugurishgan edi.