AOKA va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Bir yozuvchiga - bir noshir” tamoyili joriy qilinadi
Ma’lum qilinganidek, Parkent ijod uyida noshirlar, yozuvchilar, jamoatchilik faollari, kutubxona mutaxassislari, turli loyiha rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan seminar davra suhbati shaklida davom etdi.
Davra uchrashuvi mavzusi “Bolalar adabiyotida an’anaviy va zamonaviy tendensiyalar: xalqaro tajriba va tadqiqotlar” bo‘lib, unda O‘zbekistonda bolalar adabiyotining bugungi holati, ijodiy imkoniyatlar hamda xalqaro maydonda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, AOKA xodimi Veronika Axmedova IBBYda O‘zbekiston Milliy shoʻbasi faoliyati hamda o‘zaro hamkorlik yuzasidan ma’lumot berdi.
Shuningdek, davra suhbatida bolalar adabiyotini yanada qiziqarli, yosh guruhlariga mos ravishda dizayn, illyustratsiya, matn bilan boyitish mezonlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Milliy asarlar orqali qadriyatlarni saqlash, bolalarning fikrlash, tasavvur olamlarini kengaytirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar qayd etildi.
Bolalar adabiyotlarida imlo, savodxonlikka, tarbiyaviy ta’siriga yuqori ahamiyat qaratish shartligi ta’kidlandi.
Seminarning birinchi ish kuni yakunlandi. Ertaga yozuvchi va shoirlar, noshirlarning B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.