Xans Xristian Andersen xalqaro mukofotini bilasizmi? O‘zbek adiblaridan kimlar taqdirlangan?

25.04.2025, 18:15

2022-yilda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida Xalqaro bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining (International Board on Books for Young People (IBBY) O‘zbekiston Milliy seksiyasi tashkil etilgani tog'risida xabar berilgan edi

Bolalar adabiyotini keng targ‘ib qilish, bolalar adiblarini rag‘batlantirish yo‘nalishida yuksak nufuzga ega IBBY tashkiloti tomonidan har yili bir nechta ilg‘or loyihalar tashabbusi ilgari suriladi va xalqaro ahamiyatga ega mukofotlar bilan taqdirlanadi.


Jumladan, bolalar adabiyoti sohasidagi yuqori darajadagi Hans Xristian Andersen mukofoti har ikki yilda bir marta bolalar adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan muallif va rassomlarga topshiriladi.

2024-yilda O‘zbekiston Milliy seksiyasi tomonidan birinchi marta o‘zbek bolalar yozuvchisi Raim Farhodiy Hans Xristian Andersen mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgani o‘zbek bolalar adabiyotini dunyoga tanitishda katta voqea bo‘ldi.

2026-yilgi Hans Xristian Andersen mukofotiga o‘zbek yozuvchisi Muhabbat Yo‘ldosheva nomzodi ilgari surildi.

Увеличить на0%